2025-yil 31-oktabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari tomonidan rus shoiri Sergey Yeseninning 130 yilligiga bag‘ishlangan…
31.10.2025 16 views2025-yil 31-oktabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari tomonidan rus shoiri Sergey Yeseninning 130 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil etildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Rus madaniyat markazi rahbari G.Zorkina hamda Rus va Ukraina madaniyat markazi vakillari, litsey o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbir davomida litseyning 1-kurs o‘quvchilari o‘rtasida shoirning hayoti va ijodi haqidagi olgan bilimlarini baholash uchun “Своя игра” (O‘z o‘yiningiz) deb nomlangan viktorina o‘tkazildi. Shuningdek, shoir qalamiga mansub she’rlardan o‘quvchilar tomonidan qo‘shiqlar ijro etildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib deb topilgan jamoalar: 🥇1-oʻrin 104-guruh, 🥈2-oʻrin 102-guruh, 🥉3-oʻrin 103-guruh oʻquvchilari Bu kabi tadbirlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, o‘zaro madaniyatni boyitish hamda O‘zbekistonda millatlararo muloqot vositasi sifatida rus tilini rivojlantirishga xizmat qiladi.
