🠕

2026-yil 30-mart kuni “Tarbiya fan oyligi” doirasida litseyning tarix fani o‘qituvchisi Rashid Dauletmuratov tomonidan 1-kurs o‘quvchilariga “Halollik vaksinasi” mavzusida davra suhbati…

01.04.2026 18 views

2026-yil 30-mart kuni “Tarbiya fan oyligi” doirasida litseyning tarix fani o‘qituvchisi Rashid Dauletmuratov tomonidan 1-kurs o‘quvchilariga “Halollik vaksinasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, videorolik namoyish etildi. Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. “Halollik vaksinasi” atamasi ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojatnomasida tilga olingan. Korrupsiyaga qarshi kurashda adolat bosh mezon hisoblanadi. Davra suhbati jarayonida jamiyatda korrupsion holatning yuzaga kelishi sabablari, bunday holatning sodir etilish ko‘rinishlari bo‘yicha rolli o‘yinlar namoyish etildi. O‘quvchilarga bu haqida ko’rsatilgan videorolikdan so’ng har bir kishi hayotda halol yashashi, ongi va qalbi bolalikdan “halollik vaksinasi“ bilan emlangan yangi avlodni kamolga yetkazish davlatimizning ustuvor vazifasi bo’loyatganligini hisobga olgan holda o’z hissamizni qo’shishga chaqirildi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0