🠕

4- oktyabr kuni Rossotrudnichestvoning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Irina Aleksandrovna Staroselakaya Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga tashrif buyuri…

29.10.2024 23 views

4- oktyabr kuni Rossotrudnichestvoning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Irina Aleksandrovna Staroselakaya Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga tashrif buyurib, oʻquvchilarining rus tiliga boʻlgan qiziqishi, hamda koʻrik tanlovlarda faol ishtirok etib kelayotganidan mamnun boʻlgandi. Shu mamnuniyat ila u litsey oʻquvchilariga rus tilida 600 ga yaqin badiiy, tarixiy, san’at, musiqa boʻyicha kitoblar, qoʻshimcha oʻquv qoʻllanmalari, interaktiv oʻyin metodlari jamlanmasi va audio disklar toʻplamini sovgʻa sifatida joʻnatdi. Ushbu sovgʻa bugun litseyimiz oʻqituvchi va oʻquvchilari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Rus madaniyat markazi a’zolari ishtirokida kutib olindi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0