bold Qaror (PQ-296-son, 21.08.2024 y.) bilan Prezidentning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomg…
22.08.2024 17 viewsbold Qaror (PQ-296-son, 21.08.2024 y.) bilan Prezidentning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi: “katta leytenant” – 3 yil; “kapitan” – 4 yil; “mayor” – 5 yil; “podpolkovnik” – 6 yil”. Shuningdek, Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi: “bojxona xizmati katta leytenanti” – 3 yil; “bojxona xizmati kapitani” – 4 yil; “bojxona xizmati mayori” – 5 yil; “bojxona xizmati podpolkovnigi” – 6 yil”. ️Bundan tashqari, Fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi: “katta leytenant” harbiy unvonida – 3 yil; “kapitan” harbiy unvonida – 4 yil; “mayor” harbiy unvonida – 5 yil; “podpolkovnik” harbiy unvonida – 6 yil”. ▶️ Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi: “katta leytenant” – 3 yil; “kapitan” – 4 yil; “mayor” – 5 yil; “podpolkovnik” – 6 yil”.
