Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini nishonlash YUNESKOning 2022-2023 yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylar ro’yxatiga kiritilib, 2023 yilda butun …
07.02.2024 19 viewsBuyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini nishonlash YUNESKOning 2022-2023 yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylar ro’yxatiga kiritilib, 2023 yilda butun dunyodagi kabi Respublikamizda ham alloma tavalludining 1050 yilligi keng nishonlandi. Shu yili mart oyida litseyimizda oliy ta’lim muassasalari va tarixchi olimlar ishtirokida “O’quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ijodiy merosining o’rni va ahamiyati” mavzusida ilmiy konferentsiya o’tkazilib, alloma tavallud topgan Beruniy tumaniga uning sharafiga o’rnatilgan yodgorlik majmuasiga o’quvchilar uchun sayohat tashkillashtirildi. Mazkur tadbirlarning davomi sifatida o’quvchilarga belgilangan mashg’ulotlar davomida Beruniyning hayoti va faoliyati, bebaho ilmiy-ma’rifiy merosi, dunyo tamaddunidagi o’rni haqida ma’lumotlar berib borish bilan birga o’quvchilarga boshqa manbalar orqali ham ma’lumotlar yetkazilmoqda. Kuni kecha 6 fevral kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat akademik musiqali teatrda “Abu Rayhon Beruniy” tarixiy dramasi namoyish etilib, litseyining o’quvchilari tomosha qilib, mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniy haqidagi bilimlarini yanada boyitdilar.
