🠕

Harbiy-akademik litseyida o‘tkazilgan navbatdagi ma’naviyat darsida o‘quvchilar “Boshqaruv psixologiyasi” mavzusida yangi bilimlar egallashdi. Dars odatiy tarzda emas, balki interaktiv us…

22.09.2025 17 views

Harbiy-akademik litseyida o‘tkazilgan navbatdagi ma’naviyat darsida o‘quvchilar “Boshqaruv psixologiyasi” mavzusida yangi bilimlar egallashdi. Dars odatiy tarzda emas, balki interaktiv usulda tashkil qilinib, o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undadi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, turli vaziyatli topshiriqlarni bajarishdi, o‘zaro fikr almashish orqali psixologik yondashuvlarning mohiyatini anglashga harakat qilishdi. Bu esa ularda boshqaruv jarayonida inson ruhiyatini hisobga olish, jamoada samarali muloqot olib borish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam berdi. O‘quvchilar dars jarayonida faollik va qiziqish bilan qatnashib, yangi bilimlarni nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0