🠕

hashtag #9_may bold hashtag #Xotira_va_qadrlash_kuni ⭕️ “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi jamoasi urush qatnashchisiga quvonch ulashdi ️ 9 may – Xotira va qadrlash kuni bayr…

07.05.2024 20 views

hashtag #9_may bold hashtag #Xotira_va_qadrlash_kuni ⭕️ “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi jamoasi urush qatnashchisiga quvonch ulashdi ️ 9 may – Xotira va qadrlash kuni bayrami arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining holidan xabar olinib, mehr-saxovat, hurmat-ehtirom namunalari koʻrsatilmoqda. ️ Litsey jamoasi tashabbusi bilan harbiy xizmatchi, oʻqituvchi va oʻquvchilardan iborat bir guruh bu yil 100 yoshni qarshi olgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ivan Galenko xonadonida boʻlib, uning holidan xabar olishdi. Urush qatnashchisiga sovgʻa-salomlar ulashilib, Ikkinchi jahon urushida koʻrsatgan mardligi va matonati uchun minnatdorchilik bildirildi. italic Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: text_| text_| text_

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0