hashtag #Ájiniyaz_Qosıbay_ulı_200_yoshda “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy uli tavalludining 200 yilligi munosabati bilan Nukus “Temurbeklar maktabi” HAL o‘quv…
17.10.2024 19 viewshashtag #Ájiniyaz_Qosıbay_ulı_200_yoshda “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy uli tavalludining 200 yilligi munosabati bilan Nukus “Temurbeklar maktabi” HAL o‘quvchilari bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Qoshqarbay Matimov ishtirokida davra suhbati tashkillashtirildi. Davra suhbatida Qoraqalpoq xalqining buyuk shoiri Ajiniyoz Qosıbay ulining hayoti, asarlarining nafaqat qoraqalpoq adabiyoti, balki o’zbek, qozoq, turk va boshqa turkiy xalqlar adabiyotida tutgan o’rni, XIX asrdagi qoraqalpoq adabiyotidagi ahamiyati, bugungi kunda uning asarlari o’rganilishi va kelajak avlodlarga yetishi mumkin bo’lgan sirli tarixiy masalalarga bag’ishlangan ma’ruzalar oqildi.Ajinyoz Qosibay uli dunyoga chuqur his-tuygʻular bilan kirib, qoraqalpoq xalqining maʼnaviy boyligiga katta hissa qoʻshgan, adabiyotimizni nafaqat ravnaqlantirgan, balki qoʻshni xalqlarga ham tanitgan ulkan tulgʻa hisoblanadi.
