hashtag #BREYN_RING Joriy yilning 6-noyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 1-kurs o‘quvchilari o‘rtasida «Breyn-Ring» intellektual o‘yini tashkil etildi. «…
06.11.2025 15 viewshashtag #BREYN_RING Joriy yilning 6-noyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 1-kurs o‘quvchilari o‘rtasida «Breyn-Ring» intellektual o‘yini tashkil etildi. «Breyn-Ring» intellektual o‘yinida o‘quvchilar turli mavzularda berilgan savollarga javob izlash orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Qizg‘in va bahs-munozaraga boy kechgan bellashuv yakuniy natijalariga ko‘ra g‘oliblikni 102-guruh jamoasi qo‘lga kiritdi. Bu kabi bilimga asoslangan musobaqalar yoshlar tafakkurini charxlashda muhim o‘rin tutishi shubhasizdir.
