🠕

hashtag #Buyuk_Siymo_690 Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur oyligi” doirasida 2026-yil 30-aprel kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akadem…

30.04.2026 19 views

hashtag #Buyuk_Siymo_690 Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur oyligi” doirasida 2026-yil 30-aprel kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a’zosi N.I.Rashidova hamda Xalq deputatlari Nukus shahar Kengash deputati A.Q.Paraxatdinov hamda QDU dotsenti Z.Qdirniyazovlar ishtirok etdilar. Tadbirda Amir Temurning boy tarixiy merosi, uning davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, harbiy san’atdagi mahorati haqida atroflicha fikr yuritildi. So‘zga chiqqanlar Sohibqiron Amir Temur siymosi yosh avlod uchun mardlik timsoli ekanligini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, o‘quvchilarga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Tadbir davomida kelgan mehmonlar litsey hududida atrof-muhitni yashillashtirish va ekologik muhitni yaxshilashga munosib hissa qo‘shishdi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0