hashtag #DAVRA_SUHBATI ️Joriy yilning 25-dekabr kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchilari hamda …
26.12.2025 15 viewshashtag #DAVRA_SUHBATI ️Joriy yilning 25-dekabr kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchilari hamda Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) Sh. Orazimbetov tomonidan litsey o‘quvchilari uchun “Xorijiy tillarni o‘rganishning bugungi kundagi dolzarbligi” mavzusi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida xorijiy tillarning bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati, til bilish darajasini bilish to‘g‘risidagi sertifikatning ahamiyati qay daraja ekanligi, shuningdek, sertifikat olgan o’quvchilarga imtihonda maksimal ball berilishi xususida so‘z yuritildi. Tashrif davomida, shuningdek, bugungi global dunyoda til bilish shaxsiy va kasbiy rivojlanish, xalqaro hamkorlik, bilim almashinuvi va madaniyatlararo aloqalar uchun zarurligini, O‘zbekistonda bu borada yaratilayotgan sharoitlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Suhbat davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
