🠕

hashtag #Davra_suhbati IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida fevral oyi «Tarix» fan oyligi doirasida tarix fani oʻqituvchilari tomonidan 2026-yil 14-fevral kuni Buyuk shoh …

14.02.2026 18 views

hashtag #Davra_suhbati IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida fevral oyi «Tarix» fan oyligi doirasida tarix fani oʻqituvchilari tomonidan 2026-yil 14-fevral kuni Buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbat davomida tarix fani o’qituvchisi Baxadir Ajiniyazov tomonidan turkiy adabiyotning eng mashhur vakillaridan biri, o‘zining kuchli siyosati bilan dunyo tarixida o‘chmas nom qoldirgan buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Amir Temurning munosib vorislaridan bo‘lganligi, uning avlodlari esa ko‘p yillar davomida dunyo siyosatiga katta ta’sir ko‘rsata olganligi hamda shu tariqa Bobur ulkan sulola asoschisi sifatida tarixda qolganligi haqida aytib o‘tildi. Shuningdek, suhbat yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, javoblar oldilar.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0