hashtag #Davra_suhbati IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining bosh konsultanti J.Allaniyazov ishtirokida “Korruptsiyaga …
17.03.2026 19 viewshashtag #Davra_suhbati IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining bosh konsultanti J.Allaniyazov ishtirokida “Korruptsiyaga qarshi kurashishda, chet el tajribasi” mavzusida keng qamrovli davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi oqibatlari hamda unga qarshi kurashishda fuqarolik pozitsiyasining ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. J.Allaniyazov korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab, bu borada qonunchilikda belgilangan asosiy tamoyillar, jamoatchilik nazoratining roli va yoshlarning faolligi hamda shu yuzasidan olib borilayotgan chet el tajribalari haqida atroflicha fikr bildirdi.
