hashtag #DAVRA_SUHBATI Joriy yilning 25-sentyabr kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida yoshlarni sportga bo‘lgan ishtiyoqinin oshirish maqsadida litsey o‘quvchilari…
26.09.2025 23 viewshashtag #DAVRA_SUHBATI Joriy yilning 25-sentyabr kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida yoshlarni sportga bo‘lgan ishtiyoqinin oshirish maqsadida litsey o‘quvchilari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi harbiy bo‘lim boshlig‘i kapitan A.Berdibekov, kurash sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Chempionlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Kelgan mehmonlar o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, sport sohasiga oid muhim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar va yoshlarga o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yib, yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shish yo‘lida intilish muhimligini ta’kidlab o‘tdilar. Mazmunli suhbat o‘quvchilarda chuqur taassurot qoldirdi va ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shdi.
