🠕

hashtag #Davra_suhbati Joriy yilning 7-may kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida biologiya fanidan “Biologiya darslarida Abu Ali ibn Sinoning tabiat va inson salomatl…

07.05.2026 21 views

hashtag #Davra_suhbati Joriy yilning 7-may kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida biologiya fanidan “Biologiya darslarida Abu Ali ibn Sinoning tabiat va inson salomatligiga oid qarashlaridan foydalanish usullari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda litseyning biologiya fani o‘qituvchilari hamda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti Baliqchilik kafedrasi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent M.Sh.To‘remuratov ishtirok etdi. Davra suhbati davomida buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi, ayniqsa biologiya va tibbiyot sohasidagi ilmiy qarashlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilarni Abu Ali ibn Sinoning sog‘lom turmush tarzi, tabiat va inson salomatligiga oid qarashlari bilan yaqindan tanishtirish hamda ushbu bilimlarni biologiya darslari jarayonida samarali qo‘llash usullarini targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0