hashtag #FAN_OLIMPIADASI Joriy yilning 20-22-noyabr kunlari Milliy Gvardiya Toshkent «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida Davlat huquq asoslari, O‘zbekiston tarixi, Ingliz tili, Matema…
22.11.2025 19 viewshashtag #FAN_OLIMPIADASI Joriy yilning 20-22-noyabr kunlari Milliy Gvardiya Toshkent «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida Davlat huquq asoslari, O‘zbekiston tarixi, Ingliz tili, Matematika va Fizika fanlaridan fan olimpiadasi tashkil etildi. Unda 5ta «Temurbeklar maktabi», «Yosh chegarachilar» hamda «Jaloliddin Manguberdi» nomidagi harbiy-akademik litseylarining o’quvchilari o’z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Fan olimpiadasida O‘zbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Ishtirok etgan 10 nafar o‘quvchilardan 7 nafari sovrinli (2ta I-o‘rin, 4ta II-o‘rin, 1ta III-o‘rin) o‘rinlarni egalladi. O‘quvchilarimizni hamda ularning ushbu natijalarga erishishiga o‘z hissalarini qo‘shgan ustozlarini akademik litsey jamoasi nomidan tabriklaymiz!.
