hashtag #Fan_olimpiadasi O‘zbekistonda har haftaning payshanba kuni rasman “Yoshlar kuni” sifatida belgilandi. Bu tashabbus mamlakatdagi vazirliklar, idoralar va hokimliklarda yoshlarni qo‘…
13.03.2026 24 viewshashtag #Fan_olimpiadasi O‘zbekistonda har haftaning payshanba kuni rasman “Yoshlar kuni” sifatida belgilandi. Bu tashabbus mamlakatdagi vazirliklar, idoralar va hokimliklarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini hal etish maqsadida tashkil qilinmoqda. Shu munosabat bilan IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2026-2027 o‘quv yili uchun munosib nomzodlarni saralab olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumta’lim maktablarining iqtidorli 9-sinf bitiruvchilari o‘rtasida Matematika, Fizika, Informatika, Tarix, Huquqshunoslik va Chet tili fanlaridan fan olimpiadasi o‘tkazildi va munosib taqdirlandi. Bilimli va iqtidorli o‘quvchilarning ota-onalari bilan farzandlarini harbiy-akademik litseyga topshirtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
