hashtag #Fanlar_olimpiadasi Joriy yilning 25-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 18-fevral kungi 68-sonli buyrugʻiga asosan, tarix hamda davl…
25.03.2026 18 viewshashtag #Fanlar_olimpiadasi Joriy yilning 25-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 18-fevral kungi 68-sonli buyrugʻiga asosan, tarix hamda davlat va huquq asoslari fanlaridan Asosiy fanlar olimpiadasining IV (Respublika) bosqichi Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkazildi. Ushbu olimpiadaga IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 2 nafar oʻquvchilari, tarix fanidan Jumabaev Esbosin Oralbay uli hamda davlat va huquq asoslari fanidan Nurillayev Diyorbek Xayrullo oʻgʻli ishtirok etishdi. Yakuniy natijalariga ko‘ra harbiy-akademik litseyning davlat va huquq asoslari fanidan Nurillayev Diyorbek Xayrullo oʻgʻli sovrinli II oʻrinni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. O‘quvchimiz Nurillayev Diyorbekni harbiy-akademik litsey jamoasi nomidan muborakbod etamiz hamda kelgusi musobaqalarda yanada balandroq cho‘qqilarni zabt etishiga tilakdoshmiz!
