hashtag #Ingliz_tili_fani_oyligi Joriy yilning 7-noyabr sanasida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Noyabr – chet tillari…
08.11.2025 17 viewshashtag #Ingliz_tili_fani_oyligi Joriy yilning 7-noyabr sanasida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Noyabr – chet tillari fan oyligi” doirasida litseyning chet tillarini o‘rganishga qiziqishi baland o‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Best of the best” viktorina o‘yini o‘tkazildi. Bu viktorina o‘yinlarini tashkil qilishdan asosiy maqsad o‘quvchilarning bilimlarini xorijiy tillarda, shu jumladan, ingliz tilida savol-javob qilish orqali sinovdan o‘tkazish, ularning til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqlarini oshirish, o‘zlarini sinab ko‘rishga imkoniyat berish bo‘lib, bunda o‘quvchilar o‘zlarining darajalarini aniqladilar va til o‘rganishga ehtiyojlarini orttirdi. Ingliz tili fani oyligi doirasida tanlovlar, turli ijodiy hamda intellektual tadbirlar davom etmoqda.
