🠕

hashtag #insholar_tanlovi Joriy yilning 25-sentyabr kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida I bosqichning iqtidorli o‘quvchilari o‘rtasida “1-oktyabr – Ustoz va m…

26.09.2025 19 views

hashtag #insholar_tanlovi Joriy yilning 25-sentyabr kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida I bosqichning iqtidorli o‘quvchilari o‘rtasida “1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan “Ustoz – ulug‘ zot” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlov yoshlarga o‘z qalb qo‘rini, ko‘z nurini, mehr-muhabbatini, kelajagi buyuk yurtga barkamol avlodlarni – komil insonlarni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani zimmalariga olib, bu oliyjanob ishni sharaf bilan bajarishga bel bog‘lagan ustoz va murabbiylar haqidagi fikrlarini erkin ifoda etishi, ularning ijodiy qobiliyatini namoyon qilishga xizmat qildi. Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblar ketma-ketligi quyidagicha: 1-o‘rin — Fazliddinov Sahobiddin (101-guruh) 2-o‘rin — Xasanboev Oybek (102-guruh) 3-o‘rin — Jalgasbaev Begzat (102-guruh)

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0