hashtag #KITOB_YARMARKASI Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi. O’quvchi yoshlar…
01.06.2024 15 viewshashtag #KITOB_YARMARKASI Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi. O’quvchi yoshlarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va yozgi ta’til bo’sh vaqtlarini mazmunli tashril etish maqsadida, joriy yilning 01-iyun sanasida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Kitoblar yarmarkasida o‘zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan kitoblarni olish imkoniyati yaratilib berildi. Litsey o’quvchilari ham ushbu yarmarkada faol ishtirok etishdi. Kitoblar yarmarkasini tashkil etishdan asosiy maqsad ham o’quvchi-yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularni boy madaniy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda kitobxonlik madaniyatini oshirishdan iboratdir. italic Bizni kuzatib boring: text_| text_| text_
