hashtag #KORRUPSIYA_TARAQQIYOT_KUSHANDASI IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Yuridika fakulteti Korrupsiyaga qarshi kurashish klubi a`zolari, A.Nayimjonov, S.Baxiev, N.Ba…
29.01.2026 19 viewshashtag #KORRUPSIYA_TARAQQIYOT_KUSHANDASI IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Yuridika fakulteti Korrupsiyaga qarshi kurashish klubi a`zolari, A.Nayimjonov, S.Baxiev, N.Baltaniyazova, S.Jubatkhanov ishtirokida “Korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda jinoyat uchun javobgarlik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida so‘z olganlar Korrupsiya dunyo miqyosida bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolayotgani, bu illat dunyoning ko‘plab mamlakatlari rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatayotganligi ta’kidlandi. Hozirgi paytda Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida amalga oshiralayotgan ishlar, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun mohiyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi vazifa va vakolatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
