hashtag #Mizdaxqon_arxeologik_majmuasiga_sayohat Joriy yilning 23-noyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarining dam olish kuni va bo‘sh vaqtlarini mazmunl…
24.11.2025 17 viewshashtag #Mizdaxqon_arxeologik_majmuasiga_sayohat Joriy yilning 23-noyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarining dam olish kuni va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida litseyning 103 hamda 104-guruh o‘quvchilarini Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumani yaqinida joylashgan me’moriy yodgorlik (XIII — XIV-asrlar) Mizdaxqon arxeologik majmuasiga sayohati tashkil etildi. Dastlab o‘quvchilar majmuaning Sharqiy tepaligida joylashgan malika Mazlumxon Suluvning yer osti maqbarasi, Shamun Nabiy, Halfa Erejep va Madaminxon maqbaralari, Jomart-Qassap minorasini ziyorat qilib, ularning yaratilish tarixi haqida mutaxassislar tomonidan atroflicha ma’lumotlar olishdi. Shuningdek, Karvonsaroy, Qirq-Shopan qal’asi, madrasa yodgorliklari bilan ham yaqindan tanishishdi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘quvchilar qalbida tarixiy xotirani asrash, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda milliy qadriyatlarga sadoqatni oshirishda muhim o‘rin tutadi.
