🠕

hashtag #Muzeyga_tashrif Joriy yilning 9-sentyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari Qoraqalpogʻiston respublikasi oʻlkashunoslik muzeyiga t…

09.09.2025 18 views

hashtag #Muzeyga_tashrif Joriy yilning 9-sentyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari Qoraqalpogʻiston respublikasi oʻlkashunoslik muzeyiga tashrif buyurishdi. Ushbu sayohat milliy qadriyatlarimizni anglash, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini boyitish maqsadida tashkil etildi. Safar davomida o‘quvchilar muzey kollektsiyasidagi zargarlik, arxeologiya, hunarmandchilik, amaliy sanʼat, tabiat, XX asrga tegishli boʻlgan maʼlumotlar, Qoraqalpogʻistonda Orol buyida ijod qilgan rassomlarning tasviriy sanʼat asarlarini, shuningdek, urush davriga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Bunday sayohatlar yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, ularning tarixiy ongini shakllantirishda va milliy g‘ururini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0