hashtag #OCHIQ_DARS 2026-yil 4-aprel kuni “Rus tili fan oyligi” doirasida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchi Utemuratova O.V. tomoni…
07.04.2026 17 viewshashtag #OCHIQ_DARS 2026-yil 4-aprel kuni “Rus tili fan oyligi” doirasida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchi Utemuratova O.V. tomonidan 101-guruhda rus tilidan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Ochiq dars «Возвратное местоимение СЕБЯ. Возвратные глаголы» («O‘zlik olmoshi SEBYA. O‘zlik fe’llar») mavzusida olib borildi. Mazkur darsda zamonaviy pedagogik yondashuvlar va interaktiv o‘qitish usullari keng qo‘llanildi. Dars davomida o‘quvchilarning mavzuni chuqur anglab olishlari uchun o‘yinlar, guruhli ishlash, savol-javoblar olib borildi. O‘quvchilar nafaqat turli murakkablikdagi masalalarni yechdilar, balki sevimli rus qo‘shiqlaridan popurrida olmoshlarni topishda ham o‘z bilimdonliklarini namoyish etdilar. Ayniqsa, A.S. Pushkinning «Men o‘zimga qo‘l bilan yaratilmagan haykal o‘rnatdim» nomli chuqur va mazmunli she’ri asosida yozilgan rok-ballada bilan tanishish dars mavzusini buyuk rus adabiyoti nuqtai nazaridan tushunishga imkon berdi.
