🠕

hashtag #OCHIQ_DARS IIV Nukus shahridagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Kalmenova Malika tomonidan 201-guruhda “Reading…

22.12.2025 18 views

hashtag #OCHIQ_DARS IIV Nukus shahridagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Kalmenova Malika tomonidan 201-guruhda “Reading: rhetorical questions” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi. Dars pedagogik jarayon zamonaviy yondashuvlar va interaktiv metodlar asosida olib borildi hamda o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib ishlash imkoniga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulot davomida mazkur mavzuga doir grammatik tushunchalar tushunarli va tizimli ravishda yoritildi hamda o‘quvchilarning bilim darajasini mustahkamlash maqsadida amaliy topshiriqlar berildi. Xususan, “Debate” yo‘nalishida olib borilgan mashg‘ulot o‘quvchilarning qiziqishini oshirdi va ularning til ko‘nikmalarini yanada chuqur rivojlantirishga xizmat qildi. Interaktiv mashg‘ulotlar va guruhli ishlar orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan diqqat e’tibori, ishtiyoqi oshdi. Bunday faol o‘qitish usullari mustaqil fikrlash, jamoada samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga muhim hissa qo‘shdi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0