🠕

hashtag #OCHIQ_DARS IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Turganbekova Diana tomonidan 202-guruhda “Review.Grammar: …

18.12.2025 21 views

hashtag #OCHIQ_DARS IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Turganbekova Diana tomonidan 202-guruhda “Review.Grammar: conjunctions/ing words. Vocabulary: nature and architecture” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Dars interaktiv usulda, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘lingan holda faol ishtirok etishdi. Mashg‘ulot davomida grammatik mavzuga doir asosiy tushunchalar atroflicha yoritildi, amaliy topshiriqlar orqali mustahkamlandi. Ayniqsa, “Eco-city design” mavzusida ishlangan mashg‘ulot o‘quvchilarning qiziqishini oshirdi va ularning til ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi. Interaktiv mashg‘ulotlar, guruhli ishlar kabi faol o‘qitish usullari orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi yanada ortdi. Bu esa ularning mustaqil fikrlash, erkin muloqot qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0