🠕

hashtag #OCHIQ_DARS Ingliz tili fani oyligi doirasida joriy yilning 17-noyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi ingliz tili fani…

18.11.2025 19 views

hashtag #OCHIQ_DARS Ingliz tili fani oyligi doirasida joriy yilning 17-noyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi Turganbekova Diana tomonidan litseyning 101-guruhida “Grammar: Past Simple and Continuous, used to/would. Vocabulary: Sports” mavzularida ochiq dars o‘tkazildi. Dars davomida o‘quvchilar o‘qib tushunish (reading), va eshitib tushunish (listening) hamda conversation orqali o‘quvchilar o‘zining gapirish (speaking) ko’nikmalarini nomoyon qilishdi. Dars davomida o‘qituvchi tomonidan KLASTER, SAVOL-JAVOB hamda BUMERANG usullaridan foydalanildi. Ishtirokchilar chet tilida turli murakkablik darajasidagi matnlarni o‘qib, ularga oid savol va topshiriqlarga javob berish orqali o‘z bilim va tafakkur salohiyatlarini namoyon etdilar. Ushbu ochiq dars o‘quvchilarga yangi bilimlar va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkonini yaratdi, shuningdek, chet tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyalarini kuchaytirishga muhim hissa qo‘shdi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0