hashtag #OCHIQ_DARS Joriy yilning 27-noyabr kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Aniq fanlar kafedrasi o‘qituvchisi A.Kaipanov tomonidan 104-guruh o‘quvchilari uch…
28.11.2025 17 viewshashtag #OCHIQ_DARS Joriy yilning 27-noyabr kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Aniq fanlar kafedrasi o‘qituvchisi A.Kaipanov tomonidan 104-guruh o‘quvchilari uchun algebra va analiz asoslari fanidan “Bikvadrat tenglamalarni yechish usullari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va interaktiv metod usullari keng qo‘llanildi. O‘quvchilar mavzuga oid nazariy bilimlarni mustahkamlab, amaliy mashqlarni bajarish orqali mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishdi. Mazkur ochiq dars o‘quvchilarning algebra faniga bo‘lgan qiziqishini oshirdi, ularning mustaqil fikrlash, muammoni tahlil qilish va echim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
