hashtag #Ochiq_eshiklar_kuni “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” arafasida “Men harbiy bo‘laman” shiori ostida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir gur…
14.01.2026 21 viewshashtag #Ochiq_eshiklar_kuni “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” arafasida “Men harbiy bo‘laman” shiori ostida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari, IIV Qoraqalpoq akademik litseyi hamda Nukus shahridagi 44-sonli “Jasorat maktabi” o‘quvchilari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadiga sayohati tashkil etildi. Sayohat davomida IIV TVBSO xodimlari o‘quvchilarga IIV sohaviy xizmatlarining jangovar tayyorgarlik harbiy texnika va qurol yaroqlar vositalari bilan tanishtirish ko‘rgazmasini taqdim etdilar. Shuningdek, kinologiya xizmat itlarining faoliyati haqida tushuntirish berish bilan birga, kinologiya xizmat itlaridan hozirgi kunda jinoyatlarni ochishda qanday foydalanilayotganligi yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar namoyish qildilar. Uchrashuv yakunida o‘quvchilar soha vakillaridan o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
