🠕

hashtag #Ochiq_eshiklar_kuni Joriy yilning 12-dekabr sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbir doirasida Nukus shahridagi 39-…

12.12.2025 18 views

hashtag #Ochiq_eshiklar_kuni Joriy yilning 12-dekabr sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbir doirasida Nukus shahridagi 39-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari litsey faoliyati, o‘quv jarayoni va mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishish uchun tashrif buyurishdi. Ularga o‘quvchilarning kundalik dars jarayonlari, sport maydonchalari, kutubxona, axborot texnologiyalari xonalari va yotoqxona sharoitlari tanishtirildi. Shu bilan birga, o‘quvchilarga litseyga kirish imtihonlari tartibi, baholash mezonlari, o‘quv jarayonining o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislar tomonidan ularga batafsil javoblar berildi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0