hashtag #OCHIQ_ESHIKLAR_KUNI Shu yilning 19-sentyabr kuni “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari O‘zbekiston Respubl…
19.09.2025 18 viewshashtag #OCHIQ_ESHIKLAR_KUNI Shu yilning 19-sentyabr kuni “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugi 17071-sonli harbiy qismiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarga harbiy okrugi hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini yaratish, ularni kelgusidagi kasb tanlovi va harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida o‘quvchilarga harbiylar bilan birgalikda amaliy mashg‘ulotlar olib borish imkoni yaratilib, ularga kamondan o‘q otish, dronlarni uchirish hamda harbiy qurol aslahalar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, harbiy orkestr tomonidan musiqiy chiqishni tamosha qilishdi. Tadbir yakunida ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi va harbiy sohaga bo‘lgan intilishlarini bildirishdi.
