hashtag #ota_onalar_yigʻilishi Oʻquv yili yakuni munosabati bilan Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 1-kurs oʻquvchilarining ota-onalari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi…
22.05.2024 16 viewshashtag #ota_onalar_yigʻilishi Oʻquv yili yakuni munosabati bilan Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 1-kurs oʻquvchilarining ota-onalari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilish davomida yozgi ta’til davomida oʻquvchilarning bilim olishi uzilib qolmasligi, shaxsiy xavfsizlik masalasi, sogʻlig’i holatini tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, kelgusida oʻzi kirish istagida boʻlgan oliy ta’lim muassasining talablariga javob bera oladigan darajada tayyorgarlik koʻrib kelish haqida tavsiyalar berildi. Namunali hulf-atvorga ega boʻlgan, oʻqishda va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan bir guruh oʻquvchilarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi. Oʻquvchilarining bilim va boshqa koʻrsatgichlarini muhokamasi guruh komandirlari va sinf rahbarilari ishtirokida sinfxonalarda davom etdi.
