🠕

hashtag #Rus_tili_fan_oyligi 2026-yil 24-aprel kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litsey o‘quvchilar o‘rtasida «Богатырские игры» (Bahodirlar o‘yinlari)…

24.04.2026 20 views

hashtag #Rus_tili_fan_oyligi 2026-yil 24-aprel kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litsey o‘quvchilar o‘rtasida «Богатырские игры» (Bahodirlar o‘yinlari) deb nomlangan qiziqarli musobaqa tashkil etildi. O‘quvchilar “Gorelka”, “Jmurki” kabi an’anaviy o‘yinlarda qizg‘in bellashib, chaqqonlik va topqirliklarini namoyish etishdi. Ayniqsa “Og‘ir tosh ko‘tarish” kuch sinovi alohida e’tiborni tortdi, unda yosh polvonlar o‘z kuchi va chidamliligini namoyish etishdi. 🤼‍️ Tadbir sport bilan birga madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi. O‘quvchilar tili o‘rganilayotgan xalqning urf-odatlari bilan yaqindan tanishish, shuningdek, jismoniy salomatligini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Musobaqa natijalariga ko‘ra: “Gorelka” shartida -103-guruh o‘quvchisi Sh. Pirniyazov, “Jmurki”- shartida – 101-guruh o‘quvchisi B. Maratov, “Og‘ir tosh ko‘tarish” shartida – 103-guruh o‘quvchisi F.Fayzullayevlar g‘olib deb topildi. Musobaqa g‘oliblari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0