hashtag #Rus_tili_fan_oyligi 2026-yil 29-aprel kuni rus tili fan oyligi doirasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi rus mada…
29.04.2026 21 viewshashtag #Rus_tili_fan_oyligi 2026-yil 29-aprel kuni rus tili fan oyligi doirasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi rus madaniyat markaziga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarni rus xalqining turmush tarzi, urf-odatlari va boy madaniy-tarixiy merosi bilan yaqindan tanishtirish, ularda madaniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish hamda rus tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida litsey o‘quvchilarining markazning eng yosh mehmonlari bilan uchrashuvi alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Ushbu samimiy muloqot kichkintoylarda katta taassurot qoldirib, ularda harbiy kasbga bo‘lgan qiziqish va intilishni kuchaytirdi.
