hashtag #SAF_KÕRIGI Joriy yilning 02-may sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida kurs komandirlari boshchiligida navbatdagi saf ko‘rigi o‘tkazildi. Saf ko‘rigi…
04.05.2026 18 viewshashtag #SAF_KÕRIGI Joriy yilning 02-may sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida kurs komandirlari boshchiligida navbatdagi saf ko‘rigi o‘tkazildi. Saf ko‘rigi davomida o‘quvchilarning kundalik kiyim boshlari kurs va guruh komandirlari tomonidan tekshirildi. O‘quvchilarning belgilangan formali kiyim-boshni o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga amal qilishi, tashqi qiyofasi (soch-soqol), harbiy kiyim-kechaklarining o‘ziga mosligi, toza-ozodaligi, ularning muntazam ravishda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etishlarini hamda ularning saf tayyorgarligi darajasi nazoratdan o‘tkazildi. Shuningdek, o‘quvchilarga dars mashg‘ulotlariga belgilangan vaqtda qatnashish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.
