hashtag #Seminar_trening O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Qoraqalpoq davlat universiteti, «Pedagogika va psixologiya» kafedr…
31.01.2026 20 viewshashtag #Seminar_trening O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Qoraqalpoq davlat universiteti, «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi assistenti Dauletova Go‘zal Muratbayevna tomonidan “O‘smirlarning harbiy-akademik litsey hayotiga moslashishining psixologik xususiyatlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Mazkur seminar-trening o‘smirlarning yangi harbiy-ta’lim muhitiga moslashuv jarayonida yuzaga keladigan psixologik holatlarni tahlil qilish hamda ularni yengib o‘tishda samarali psixologik yondashuvlarni targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi. Tadbir kelgusida ham ta’lim-tarbiya jarayonida psixologik yondashuvlarni kuchaytirish uchun amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
