hashtag #SERTIFIKAT Bugungi kunda yurtimizda xorijiy tillarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Til bilimi — bu zamonaviy dunyoda mustahkam poydevor, keng imkoniyatlar eshigi va shaxs…
16.01.2026 19 viewshashtag #SERTIFIKAT Bugungi kunda yurtimizda xorijiy tillarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Til bilimi — bu zamonaviy dunyoda mustahkam poydevor, keng imkoniyatlar eshigi va shaxsiy taraqqiyot kafolatidir. IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari ham ushbu yo‘nalishda yutuqlarga erishmoqda. Xususan, bir guruh o‘quvchilar ingliz tili fanidan MILLIY SERTIFIKATni qo‘lga kiritib, bilim va intilishlari orqali o‘z imkoniyatlarini kengaytirishdi. O‘quvchilarimizni hamda ularning ushbu natijalarga erishishiga o‘z hissalarini qo‘shgan litseyimizning ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi INGLIZ TILI fani o‘qituvchilarini akademik litsey jamoasi nomidan tabriklaymiz! Sertifikat olgan barcha o‘quvchilarimizni chin yurakdan tabriklaymiz va ularga kelgusida ham ulkan zafarlar tilaymiz!
