🠕

hashtag #SERTIFIKAT Bugungi kunda yurtimizda xorijiy tillarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Til bilimi — bu zamonaviy dunyoda mustahkam poydevor, keng imkoniyatlar eshigi va shaxs…

15.05.2026 21 views

hashtag #SERTIFIKAT Bugungi kunda yurtimizda xorijiy tillarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Til bilimi — bu zamonaviy dunyoda mustahkam poydevor, keng imkoniyatlar eshigi va shaxsiy taraqqiyot kafolatidir. IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari ham ushbu yo‘nalishda yutuqlarga erishmoqda. Xususan, bir guruh o‘quvchilar ingliz tili fanidan MILLIY SERTIFIKATni qo‘lga kiritib, bilim va intilishlari orqali o‘z imkoniyatlarini kengaytirishdi. Ayniqsa, ingliz tili yo‘nalishida o‘quvchilarimizning yildan-yilga yuqori natijalarni qayd etayotgani ularning kelajakdagi ta’lim va kasbiy faoliyatida muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi jamoasi barcha sertifikat sohiblarini va ularning ustozlarini samimiy muborakbod etadi hamda ularga kelgusidagi o‘qish va faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0