hashtag #SERTIFIKAT IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir qator iqtidorli o‘quvchilari chet tillari bo‘yicha milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritib, yana bir bor …
18.04.2026 16 viewshashtag #SERTIFIKAT IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir qator iqtidorli o‘quvchilari chet tillari bo‘yicha milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritib, yana bir bor yuksak natijalarga erishdilar. ✨ Ushbu quvonchli yutuq — o‘quvchilarning bilimga chanqoqligi, tinimsiz mehnati hamda ustoz-shogird an’analarining yorqin ifodasidir. Har bir sertifikat ortida ustozlarning fidokorona mehnati va o‘quvchilarning qat’iyati mujassam. Mazkur muvaffaqiyat munosabati bilan litsey rahbariyati barcha ustozlar va o‘quvchilarni samimiy muborakbod etadi! Barchangizga kelgusida ulkan zafarlar, yuksak natijalar va porloq kelajak tilaymiz!
