hashtag #Sohibqiron_Amir_Temurning_690_yilligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida buyuk sarkarda va davlat arbobi — Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amal…
08.04.2026 19 viewshashtag #Sohibqiron_Amir_Temurning_690_yilligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida buyuk sarkarda va davlat arbobi — Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman yurtimiz tarixini chuqur o‘rganish, milliy davlatchilik an’analari hamda Temuriylar davrining siyosiy, madaniy va ilmiy merosini keng targ‘ib qilish, yosh avlodni Vatanga sadoqat va tarixiy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi. Konferensiyada respublikamizning yetakchi professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot markazlari olimlari, shuningdek IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi rahbari va o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbir davomida Amir Temur shaxsining jahon tarixidagi o‘rni, markazlashgan davlat barpo etishdagi xizmatlari, harbiy-strategik mahorati hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi keng muhokama qilindi.
