hashtag #SPORT “Navroz – umumxalq bayrami” munosabati bilan joriy yilning 18-mart sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sp…
18.03.2026 19 viewshashtag #SPORT “Navroz – umumxalq bayrami” munosabati bilan joriy yilning 18-mart sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi bilan hamkorlikda harbiy-akademik litsey va Jasorat maktablarining 16-18 yosh doirasidagi o‘quvchilari o‘rtasida “Milliy etnosport” musobaqasi tashkil etildi. Musobaqaning asosiy maqsadi — • maktab va litsey o‘quvchilari o‘rtasida do‘stona hamkorlikni mustahkamlash, • sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, • sport orqali ijobiy muhit yaratishdan iborat bo‘ldi. Musobaqada o‘quvchi yoshlar sportning “Milliy kurash”, “Tosh ko‘tarish”, “Arqon tortish”, “Pnevmotik quroldan o‘q uzish turi”, “Kamondan o‘q otish”, “Qo‘l kurashi” hamda “Langi o‘yini” turlaridan o‘z-aro bellashib, kuchlarini sinovdan o‘tkazishdi. O‘zaro hurmat, samimiyat hamda do‘stona kayfiyatda o‘tgan musobaqada gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻquvchilar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
