🠕

hashtag #TADBIR Joriy yilning 09-fevral kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida adabiyotimiz darg‘alari bo‘lmish Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ta…

09.02.2026 18 views

hashtag #TADBIR Joriy yilning 09-fevral kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida adabiyotimiz darg‘alari bo‘lmish Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlariga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida litsey o‘quvchilari Alisher Navoiy va Boburning hayoti va ijodi asosida sahna ko‘rinishi namoyish etilib, unda shoirning orzulari, tarixiy faoliyati va vatanparvarlik g‘oyalari aks ettirildi. Tadbir badiiy chiqishlarga ham boy bo‘ldi. Litseyimizning iste’dodli o‘quvchilari ijrosida milliy kuy-qo‘shiqlar yangrab, raqslar ijro etildi. Bunday jonli chiqishlar tadbirga o‘ziga xos fayz bag‘ishlab, ishtirokchilarga unutilmas taassurot qoldirdi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0