hashtag #TADBIR Joriy yilning 21-oktabr sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan ma’n…
21.10.2025 19 viewshashtag #TADBIR Joriy yilning 21-oktabr sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni litsey direktori v.v.b. podpolkovnik U.E. Kadirov ochib berib, tilga e’tibor berish har birimizning burchimiz ekanini ta’kidladi. Shundan so‘ng so‘zga Qoraqalpoq davlat universiteti filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent M.Allambergenova chiqib, o‘zbek tilining tarixiy ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Bayram tadbiriga Universitet talabalari hamda Xo‘jayli tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabidan mehmonlar tashrif buyurdilar. Shuningdek, mazkur bayramga bag‘ishlanib o‘tkazilgan diktant hamda insholar tanlovida g‘olib bo‘lganlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
