🠕

hashtag #TADBIR Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligiga 34 yil toʻlishi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan IIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akadem…

13.01.2026 23 views

hashtag #TADBIR Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligiga 34 yil toʻlishi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan IIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi. Uchrashuvga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi is’tefodagi polkovnik O.Turdakov, faxriylar kengashi raisi is’tefodagi podpolkovnik F.Sankibaev, Shimoli-G‘arbiy harbiy okrugi bo‘yicha faxriylar kengashi raisi podpolkovnik A.Yusupov va faxriylar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida faxriylar o‘zlarining professional tajribasi va harbiy sohadagi faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Shuningdek, hozirda mamlakatimizda yoshlarning Vatan oldidagi burchi va kelajakda harbiy sohada faoliyat yuritish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shundan so‘ng, bayram doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida g‘olib bo‘lganlar litsey rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0