hashtag #Tarḡibot IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi vakillari Andijon shahar 13-sonli umum o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf bitiruvchi o‘quvchilari bilan targ‘ibo…
02.04.2026 16 viewshashtag #Tarḡibot IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi vakillari Andijon shahar 13-sonli umum o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf bitiruvchi o‘quvchilari bilan targ‘ibot uchrashuvi olib bordi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarga harbiy-akademik litseyining faoliyati, ta’lim tizimi, yaratilgan imkoniyatlar hamda kelajakdagi istiqbollari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ushbu ta’lim maskanida tahsil olishning afzalliklari, intizom va vatanparvarlik ruhidagi tarbiya masalalari yuzasidan ham atroflicha tushunchalar berib o‘tildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar va kelajakdagi ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda muhim tushunchalarga ega bo‘lishdi. ✨ Bunday uchrashuvlar yoshlarning to‘g‘ri kasb tanlashi va kelajagini aniq rejalashtirishida muhim ahamiyat kasb etadi.
