hashtag #Tarḡibot IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi vakillari tomonidan Andijon viloyatida tashkil etilgan targ‘ibot tadbiri doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi…
03.04.2026 20 viewshashtag #Tarḡibot IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi vakillari tomonidan Andijon viloyatida tashkil etilgan targ‘ibot tadbiri doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish IIV Andijon akademik litseyida o‘tkazilib, unda umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, xususan, litsey o‘quvchilari uchun qulay va zamonaviy o‘quv binolari, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan sinfxonalar, boy fondga ega kutubxona hamda sport majmualari mavjudligi ta’kidlandi. Shuningdek, o‘quvchilarning yashashi uchun barcha qulayliklarga ega yotoqxona bilan ta’minlangani ham alohida qayd etildi. Shu bilan birga, mazkur litseyga qabul jarayonlari, talablar va imkoniyatlar hamda iqtidorli va harbiy sohaga qiziqishi yuqori bo‘lgan o‘quvchilarni ushbu ta’lim muassasasiga yo‘naltirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
