hashtag #Tarḡibot IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi vakillari tomonidan Navoiy shahridagi 16, 22 va 23-sonli umumta’lim maktablarida o‘quvchilar bilan uchrashuvlar t…
03.04.2026 20 viewshashtag #Tarḡibot IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi vakillari tomonidan Navoiy shahridagi 16, 22 va 23-sonli umumta’lim maktablarida o‘quvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etdi. Uchrashuv davomida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyiga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Jumladan, litseyga kirish uchun qo‘yiladigan talablar, test sinovlari, jismoniy tayyorgarlik darajasi va hujjat topshirish tartiblari bosqichma-bosqich tushuntirib o‘tildi. Shuningdek litseyda ta’lim olish uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, yuqori darajadagi o‘quv jarayoni,intizom va harbiy tayyorgarlik tizimi haqida ma’lumotlar berildi. Ular uchun yaratilgan qulayliklar, zamonaviy o‘quv xonalari, sport inshoatlari va kutubxona imkoniyatlari alohida ta’kidlab o‘tildi. Uchrashuv yakunida litsey o‘quvchilarining kundalik hayoti, ularning mashg‘ulotlari, yashash sharoiti hamda ta’lim jarayonlarini aks ettiruvchi video rolik ham namoyish etildi.
