hashtag #Tarḡibot Shu yilning 06-aprel kuni “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi vakillari va o‘quvchilari Nukus shahar 1-sonli…
07.04.2026 19 viewshashtag #Tarḡibot Shu yilning 06-aprel kuni “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi vakillari va o‘quvchilari Nukus shahar 1-sonli Ixtisoslashtirilgan maktab internatiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarga harbiy-akademik litsey hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini yaratish, ularni kelgusidagi kasb tanlovi va harbiy ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida o‘quvchilarga harbiy-akademik litseyda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayonlari va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, ularga zamonaviy o‘quv xonalari, kutubxona, sport maydonchalar va o‘quvchilar turar joylari haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi. O‘quvchilarda harbiy-akademik litsey hayoti katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir yakunida ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi va harbiy-akademik litseyda ta’lim olishga bo‘lgan intilishini bildirishdi.
