🠕

hashtag #Tashrif 2025-yil 22-oktabr kuni litsey o’quvchilari bilan Nukus shahrida joylashgan Prezident maktabiga tashrif tashkil etildi. Mazkur tashrif davomida o‘quvchilar Prezident maktabinin…

23.10.2025 19 views

hashtag #Tashrif 2025-yil 22-oktabr kuni litsey o’quvchilari bilan Nukus shahrida joylashgan Prezident maktabiga tashrif tashkil etildi. Mazkur tashrif davomida o‘quvchilar Prezident maktabining ilg‘or ta’lim uslublari, zamonaviy laboratoriya va texnik jihozlar, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, o‘zaro tajriba almashish maqsadida Prezident maktabi o‘quvchilari bilan va chet ellik o‘qituvchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat to‘laligicha ingliz tilida olib borildi va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tashrif litsey o‘quvchilarida ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqishni oshirish, ta’limga yangicha yondashuvlarni o‘rganish hamda o‘z oldilariga katta maqsadlar qo‘yish motivatsiyasini kuchaytirishga xizmat qildi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0